

Umumiy siydik tahlili — siydik chiqarish tizimi holatini baholash hamda yallig‘lanish, infeksiya yoki moddalar almashinuvi buzilishining ehtimoliy belgilarini aniqlashga yordam beradigan asosiy laboratoriya tekshiruvidir.
Ushbu tahlil ko‘pincha profilaktik tekshiruvda, bel og‘rig‘i, shish, siydik chiqarishdagi o‘zgarishlarda, shuningdek, davolash, operatsiya yoki shifoxonaga yotqizish oldidan tayinlanadi.