Oyoq panjasining orttirilgan deformatsiyalari yuklama taqsimotini o‘zgartirishi, og‘riq qo‘zg‘atishi, poyabzal ishqalab, qadoq qilishi va yurishni qiyinlashtirishi mumkin. Bosh barmoqning valgus deformatsiyasi, barmoqlarning bolg‘asimon qiyshayishi, yassi oyoqlik hamda oyoq panjasi shakli va funksiyasining boshqa buzilishlari shular jumlasidandir.
Toshkentdagi MEDSI klinikasida travmatolog-ortoped suyaklar va bo‘g‘imlarning holatini, yurish xususiyatlarini hamda deformatsiya darajasini baholaydi. Davolash kursi bemorning shikoyatlari, yoshi va kundalik jismoniy zo‘riqishini inobatga olgan holda tanlanadi.